Doimo tozalashdan avval va undan foydalanmaydigan bo„lsangiz, jihozni elektr tarmog„idan uzib qo„ying.
Elektr toki urishi va yong„in chiqishining oldini olish uchun jihozni suvga yoki boshqa suyuqliklarga botirmang. Agar shunday holat yuz bergan bo„lsa, uni darhol elektr tarmog„idan uzing va tekshirish uchun
xizmat ko„rsatish markaziga murojaat qiling.
Jihoz jismoniy va ruhiy cheklanishlarga ega bo„lgan (jumladan bolalar), ushbu jihoz bilan ishlash tajribasiga ega bo„lmagan kishilar tomonidan foydalanish uchun mo„ljallanmagan. Bunday holatlarda
foydalanuvchiga uning xavfsizligi uchun javobgar shaxs tomonidan avvaldan ko„rsatmalar berilishi kerak.
Shlangni shikastlamaslik uchun uni bukmang va cho„zmang.
Ventilyatsion tirqishlarning to„silib qolmasligini kuzatib boring. Ularga begona narsalarning (chang, soch, kiyimlar va boshq.) tushishiga yo„l qo„ymang. Changyutgichning so„rish tirqishi, shlang yoki trubka
tiqilib qolgan hollarda darhol changyutgichni o„chiring. Qayta yoqishdan avval tiqilishni bartaraf qilish lozim.
Zinapoyalarda chanyutgich bilan ishlaganda o„ta ehtiyotkor bo„lish lozim.
Yig„ishtirishni boshlashdan avval poldagi changyig„gichni shikastlashi mumkin bo„lgan barcha narsalarni yig„ishtirib oling.
Changyutgich bilan nam yuzalarni tozalamang. Uning yordamida suyuqliklarni ketkazmang.
Suyuq tozalagich bilan ishlov berilgan gilamlar chanyutgich bilan tozalash boshlangunicha qurishlari kerak.
DASTLABKI FOYDALANISHDAN AVVAL
•
Jihozni qadoqdan chiqarib oling va barcha qadoqlash materiallar va etiketkalarni olib tashlang.
•
Tashqi yuzasini nam latta bilan arting.
TOZALASH VA QAROV
CHANGYIG„GICHNI TOZALASH:
Chang yig„ish uchun konteyner va filtrni chiqarib olish uchun changyig„gichni qotirish tugmasini bosing, uni dastasidan torting va chiqarib oling.
Chang yig„ish uchun konteyner qopqog„ini oching va tugmani bosgan holda uni bo„shating
Changyig„gich qopqog„ini burang va filtrni chiqarib oling
Filtrni iliq suvda yuving, uni ochiq havoda quriting, keyin esa uni qaytarib joyiga o„rnating yoki yangisi bilan almashtiring.
MULTISIKLON FILTRINI TOZALASH:
FILTRNI tozalashni kir bo„lishiga qarab tozalash lozim.
Chabgyutgichdan faqat filtri o„rnatilgan holda foydalaning. Filtrsiz foydalanish so„rish quvvatini pasayishiga olib kelishi va elektrodvigatelni shikastlashi mumkin.
Filtrni tozalashdan avval changyutgichni elektr ta„minot tarmog„idan uzing.
Filtrlarni tozalash uchun kir yuvish mashinasidan foydalanish ta„qiqlanadi.
Filtrlarni quritish uchun fendan foydalanish ta„qiqlanadi.
Filtrni chiqarib olishdan avval chang yig„ish uchun konteynerdagi rostlagichning ochiq holatda turganligiga ishonch hosil qiling
Filtrni chang yig„ish konteyneridan chiqarib olish uchun dastasidan ushlang va uni chapga aylantiring
Tozalagandan keyin filtrni chang yig„ish konteyneriga joylashtiring, uni dastasidan ushlang va chapga tovush chiqqunicha aylantiring.
filtrini chyotkadan foydalanib iliq suvda yuving.
Tozalagandan keyin filtrini to„liq quriting, keyin joyiga qaytarib o„rnating.
CHIQISH FILTRINI TOZALASH/ALMASHTIRISH
Changyutgichni elektr tarmog'idan uzing.
Chiqarish tirqishi panjarasini oling va filtrni chiqarib oling.
Filtrni iliq suvda yuving va to„liq quriting.
Filtrni joyiga o'rnating. Chiqarish tirqishi panjarasini joyiga qayta o„rnating.
46
MT-1349/MT-1350