Descargar Imprimir esta página

Marta MT-1555 Manual De Instrucciones página 26

Publicidad

Idiomas disponibles

Idiomas disponibles

UZB FOYDALANISH BO'YICHA YO'RIQNOMA
EHTIYOTKORLIK CHORALARI
 Jihozdan foydalanishdan avval ushbu yo„riqnomani diqqat bilan o„qib chiqing va keyinchalik ma„lumotlar olish uchun saqlab qo„ying.
 Dastlabki yoqishdan avval mahsulotning markirovkada ko„rsatilgan texnik xususiyatlari Sizning mahalliy tarmog„ingizdagi elektr ta„minotiga mos kelishini tekshiring.
 Faqat maishiy maqsadlarda foydalaning. Jihoz sanoat maqsadlarida foydalanish uchun mo„ljallanmagan.
 Xonadan tashqarida foydalanmang.
 Ishlayotgan jihozni qarovsiz qoldirmang.
 Tarmoq shnuri shikastlangan yoki boshqa shikastlanishlarga ega bo„lgan jihozdan foydalanmang.
 Tarmoq shnurining o„tkir qirralar yoki issiq sitrlarga tegib turmasligini kuzatib boring.
 Tarmoq shnurini tortmang, ortiqcha buramang va jihoz korpusi atrofiga o„ramang.
 Jihozni ta„minot tarmog„idan uzganda tarmoq shnuridan ushlab tortmang, faqat vilkadan ushlab torting.
 Jihozni o„zingizcha ta„mirlashga urinmang. Nosozliklar yuzaga kelgan hollarda yaningizdagi xizmat ko„rsatish markaziga murojaat qiling.
 Tavsiya qilinmagan qo„shimcha asboblardan foydalanish xavfli bo„lishi va jihozning shikastlanishiga olib kelishi mumkin.
 Doimo tozalashdan avval va undan foydalanmaydigan bo„lsangiz, jihozni elektr tarmog„idan uzib qo„ying.
 DIQQAT: Vanna, rakovina yoki suv to'ldirilgan boshqa sig'imlar yaqinida foydalanmang.
 Elektr toki urishi va yong„in chiqishining oldini olish uchun jihozni suvga yoki boshqa suyuqliklarga botirmang. Agar shunday holat yuz bergan bo„lsa, uni darhol elektr tarmog„idan uzing va
tekshirish uchun xizmat ko„rsatish markaziga murojaat qiling.
 Jihoz jismoniy va ruhiy cheklanishlarga ega bo„lgan (jumladan bolalar), ushbu jihoz bilan ishlash tajribasiga ega bo„lmagan kishilar tomonidan foydalanish uchun mo„ljallanmagan. Bunday
holatlarda foydalanuvchiga uning xavfsizligi uchun javobgar shaxs tomonidan avvaldan ko„rsatmalar berilishi kerak.
 Jihoz qahva donlari, muz kubikchalari kabi qattiq mahsulotlarni maydalash uchun mo'ljallanmagan,
 Nasadkalarni almashtirishdan avval jihozni o'chiring.
 Jihozning o'tkir kesuvchi tig'lari bilan ishlaganda ehtiyot bo'ling.
 Jihozning harakatlanuvchi har qanday qismiga tegib ketmaslikka harakat qiling.
 Noto'g'ri yig'ilgan jihoz yong'in chiqishiga, elektr toki urishiga va boshqa shikastlanishlarga olib kelishi mumkin.
 Maksimal darajada yo'l qo'yiluvchi uzliksiz ishlash vaqti – 30 soniya. Ishni davom ettirishdan avval jihozni o'chiring va dvigatelni 1 daqiqa davomida sovuting. 4 ta sikldan keyin dvigatelni
15 daqiqa davomida sovuting.
DASTLABKI FOYDALANISHDAN AVVAL
Jihozni qadog'idan oling va barcha qadoqlash materiallari va etiketkalarni olib tashlang.
Motor blokini nam latta bilan arting, nasadkani sovunli suvda yuving, yaxshilab chaying va quriting.
Nasadkadagi strelkacha va ushlagichdagi ochiq qulf belgichasini moslashtirgan holda kerakli nasadkani o'rnating va soat strelkasi yo'nalishi bo'yicha oxirigacha burang.
TOZALASH VA QAROV
Tozalashdan avval jihozni albatta elektr tarmog'idan uzib qo'ying.
Motor qismini nam latta bilan arting. Motor qismini suv oqimi yoki suv ostiga botirmang.
Nasadkalarni sovunli suvda yuving, chaying va quriting. Jihoz qismlarini quruq qilib arting.
Jihozni tozalash uchun dag'al tozalash vositalaridan foydalanmang.
Plastik qismlarning bo'yalib qolmasligi uchun jihozni foydalanib bo'lgandan keyinoq yuvish tavsiya qilinadi.
26

Publicidad

loading

Este manual también es adecuado para:

Mt-1556