UZB FOYDALANISH BO'YICHA YO'RIQNOMA
EHTIYOTKORLIK CHORALARI
Jihozdan foydalanishdan avval ushbu yo„riqnomani diqqat bilan o„qib chiqing va keyinchalik ma„lumotlar olish uchun saqlab qo„ying.
Dastlabki yoqishdan avval mahsulotning markirovkada ko„rsatilgan texnik xususiyatlari Sizning mahalliy tarmog„ingizdagi elektr ta„minotiga mos kelishini tekshiring.
Faqat maishiy maqsadlarda foydalaning. Jihoz sanoat maqsadlarida foydalanish uchun mo„ljallanmagan.
Xonadan tashqarida foydalanmang.
Ishlayotgan jihozni qarovsiz qoldirmang.
Tarmoq shnuri shikastlangan yoki boshqa shikastlanishlarga ega bo„lgan jihozdan foydalanmang.
Tarmoq shnurining o„tkir qirralar yoki issiq sitrlarga tegib turmasligini kuzatib boring.
Tarmoq shnurini tortmang, ortiqcha buramang va jihoz korpusi atrofiga o„ramang.
Jihozni ta„minot tarmog„idan uzganda tarmoq shnuridan ushlab tortmang, faqat vilkadan ushlab torting.
Jihozni o„zingizcha ta„mirlashga urinmang. Nosozliklar yuzaga kelgan hollarda yaningizdagi xizmat ko„rsatish markaziga murojaat qiling.
Tavsiya qilinmagan qo„shimcha asboblardan foydalanish xavfli bo„lishi va jihozning shikastlanishiga olib kelishi mumkin.
Doimo tozalashdan avval va undan foydalanmaydigan bo„lsangiz, jihozni elektr tarmog„idan uzib qo„ying.
Elektr toki urishi va yong„in chiqishining oldini olish uchun jihozni suvga yoki boshqa suyuqliklarga botirmang. Agar shunday holat yuz bergan bo„lsa, uni darhol elektr tarmog„idan uzing va tekshirish uchun
xizmat ko„rsatish markaziga murojaat qiling.
Jihoz jismoniy va ruhiy cheklanishlarga ega bo„lgan (jumladan bolalar), ushbu jihoz bilan ishlash tajribasiga ega bo„lmagan kishilar tomonidan foydalanish uchun mo„ljallanmagan. Bunday holatlarda
foydalanuvchiga uning xavfsizligi uchun javobgar shaxs tomonidan avvaldan ko„rsatmalar berilishi kerak.
Jihozdan faqat shu choynak uchun mo„ljallangan ta„minot bazasi bilan birgalikda foydalaning.
Choynakni "MAX" belgisidan balandroq to„ldirmang, aks holda qaynash vaqtida suv jihoz burunchasi orqali toshib ketishi mumkin.
Choynak bo„sh bo„lganda yoki undagi suv darajasi "MIN" belgisidan past bo„lganda choynakni yoqmang.
Jihoz faqat suvni qizdirish uchun mo„ljallangan. Jihozdan boshqa suyuqliklarni qizdirish uchun foydalanmang, bu jihozga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.
DASTLABKI FOYDALANISHDAN AVVAL
Jihozni qadoqdan chiqarib oling va barcha qadoqlash materiallar va etiketkalarni olib tashlang.
Choynakni "MAX" belgisigacha suv bilan to„ldiring, qaynating va to„kib tashlang. Zarur bo„lgan hollarda takrorlang.
Tashqi yuzasini nam latta bilan arting.
TOZALASH VA QAROV
Tozalashdan avval jihozni elektr tarmog„idan albatta uzib qo„ying.
Jihozno tozalash uchun kimyoviy va abraziv tozalash vositalaridan foydalanmang.
Choynakni qasmoqlardan tozalashni muntazam ravishda amalga oshiring. Maxsus do„konlarda xarid qilish mumkin bo„lgan maxsus tozalash vositalaridan foydalaning. Tozalash vositalaridan
foydalanganda ularning qadog„idagi ko„rsatmalarga amal qiling.
Jihozni suv yoki boshqa suyuqliklarga botirmang.
Jihozni yoqishdan avval tashqi sirt va elektr kontaktlarning mutlaqo quruq ekanligiga ishonch hosil qiling.
26
MT-1084