Lumme LU-2104 Manual De Instrucciones página 34

Tabla de contenido

Publicidad

Idiomas disponibles
  • MX

Idiomas disponibles

  • MEXICANO, página 20
 Jihozdan ilk marta foydalanishdan avval go'shtqiymalagichning texnik xususiyatlar keltirilgan jadvalda ko'rsatilgan elektr ta'minoti mahalliy tarmog'ingizdagi elektr ta'minotiga mos kelishini tekshiring.
 Faqat maishiy maqsadlarda foydalaning. Jihoz sanoatda foydalanish uchun mo'ljallanmagan.
 Jihozdan faqat ushbu yo'riqnomada bayon qilingani kabi foydalanish lozim.
 Agar mahsulot ma'lum vaqt 0ºC dan past horaratda turgan bo'lsa, yoqishdan avval uni kamida 2 soat xona sharoitlarida ushlab turish kerak.
 U tarmoqqa ulangan holda qurilmani qismlarga ajratishga ruxsat berilmaydi. Jihozning aylanuvchi qismlariga tegmang! Undan foydalanilmayotgan vaqtda hamda uni tozalashdan avval jihozni elektr
tarmog'idan uzib qo'ying.
 Elektr toki urishining oldini olish uchun jihozni suvga yoki boshqa suyuqliklarga botirmang.
 Jihozni yumshoq sirtga o'rnatmang, ishlayotgan vaqtda uni mato yoki boshqa material bilan yopib qo'ymang. Bu havo aylanishini qiyinlashtiradi va jihozning ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin.
 Bolalarning jihozdan foydalanishlariga imkon bermang.
 Yoqilgan jihozni qarovsiz qoldirmang.
 Ushbi jihoz majmuasiga kirmaydigan qismlardan foydalanmang.
 Jihozni mahsulotlar bilan ortiqcha yuklantirmang.
 Ta'minot shnurining o'tkir qirralar yoki issiq sitrlarga tegib turmasligini kuzatib boring.
 Jihozni issiq gaz yoki elektr plita ustiga yoki issiqlik manbalari yaqiniga qo'ymang.
 Pichoq bilan muomala qilganda ehtiyot bo'ling - u juda o'tkir.
 Mahsulotlarni jihoz bo'g'ziga barmoqlaringiz bilan itarmang, buning uchun surgichdan foydalaning.
 Agar mahsulotlar yuklash bo'g'ziga tiqilib qolsa, apparatni o'chiring, tig'lar to'liq to'xtagunicha kuting, uni tarmoqdan uzing va tiqilib qolgan mahsulotlarni olib tashlash uchun qismlarga ajrating.
 Jihozni ko'chirishda uni yuklash lotogidan yoki yuklash bo'g'izidan ushlamang. Apparatni korpusidan har ikkala qo'lingiz bilan ushlang.
 Jihozdan elektr shnuri shikastlangan holda foydalanmang.
 Go'shtqiymalagichda qattiq mahsulotlarni (danaklar, zanjabil, yong'oq va boshq.) maydalanmang.
 Uzluksiz ishlashning tasviya qilingan maksimal vaqti – albatta 5 daqiqadan kam bo'lmagan tanaffus qilish bilan ko'pi bilan 10 daqiqa.
 Dvigatelning qizib ketishidan himoya qilish tizimi ishlab ketgan hollarda u to'liq sovumaginicha jihozni yoqmang.
 Jihozni o'zingizcha ta'mirlashga urinmang. Jihozning ishlashida nuqsonlar aniqlangan hollarda eng yaqin joylashgan xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling.
 Jihozdan foydalanish jarayonida go'shtqiymalagich bloki kichkina lyuftga ega bo'ladi va bu nosozlik hisoblanmaydi.
 Harakatni to'xtatish uchun qotiruvchi halqani kuchli darajada ortiqcha buramang, bu jihozning ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin.
 Go'shtqiymalagichning olinuvchi metall qismlari (shnek, panjaralar, pichoq) foydalangandan keyin oksidlanishi mumkin. Bu oddiy holdir va nosozlik hisoblanmaydi.
DASTLABKI FOYDALANISHDAN AVVAL
 Jihozni qadoqdan chiqarib oling va barcha etiketkalarni olib tashlang.
 Jihozning barcha qismlarining mavjudligi va shikastlanishlarning yo'qligini tekshiring.
 Jihozni "Tozalash va qarov" bo'limiga ko'ra tozalang. Motor blokini suvga botirmang.
 Yig'ishdan avval jihozning barcha qismlari to'liq quritilishi kerak.
TOZALASH VA QAROV
Go'shtqiymalagichni o'chiring va dvigatelning to'liq to'xtaganligiga ishonch hosil qiling.
Jihozni elektr tarmog'idan uzing.
Qismlarga ajratishni yig'ishga teskari tartibda amalga oshiring.
Olinuvchi blokning qotiruvchi tugmasini bosing, go'shtqiymalagich blokini soat strelkasi bo'yicha aylantiring va motor blokidan ajratib oling.
Foydalanib bo'lgandan keyin go'shtqiymalagichning barcha qismlarini tozalashni amalga oshiring.
Motor bloki, vilka, elektr ta'minot shnurini suvga botirmang. Motor blokini nam latta bilan arting.
Go'shtqiymalagichning mahsulotlarga tegib turuvchi barcha qismlarini iliq suvda yuvish vositalari bilan yuving.
Tozalash uchun abraziv va tarkibida xlor bo'lgan moddalar yoki organik erituvchilardan foydalanmang.
Jihozning metall qismlarini (panjaralar, pichoq, shnek, qotirish gaykasi, olinuvchi blok) idish yuvish mashinasida tozalamang!
34

Publicidad

Tabla de contenido
loading

Tabla de contenido