qo'lqop kiyib oling. Grilni ochiq havoda ishlatmang, uni issiqdan, to'g'ridan-
to'g'ri quyosh nurlaridan, ochiq olovdan yoki yuqori namlikdan uzoqroq joyda
saqlang
va
hech
qachon
nam
qo'llar
bilan
ushlamang.
Grilni
ishlatmaganingizda har doim vilkani rozetkadan chiqarib qo'ying. Moslamani
suvga yoki boshqa suyuqliklarga solmang. Agar gril suvga tushib ketgan bo'lsa,
avval uni rozetkadan o'chiring va undan keyin grilni qo'lingizga qo'lqop kiyib
suvdan oling. Agar gril yoki uning quvvat shnuri shikastlangan bo'lsa, uni aslo
ishlatmang. Moslamani o'zingiz ta'mirlashga urinmang. Grilni doimo issiqqa
chidamli asosga ega bo'lgan tekis va mustahkam yuzaga va yaxshi shamollanib
turadigan joyga qo'ying. Agar gril ichida haddan ortiq pishiriladigan mahsulot
bo'lsa va uni yopish qiyin bo'lsa, uni kuch bilan yopishga harakat qilmang. Bu
harakat qurilmaga ziyon yetkazishi mumkin. Yong'in xavfini oldini olish uchun
hech qachon moslama ishlayotgan paytda uni qarovsiz qoldirmang. Grilni
elektr tarmog'iga ulashdan oldin u yopiq bo'lishi kerak: korpusning qopqog'i ❷
pastka tushirilgan. Pishirib bo'lgandan keyin tayyor ovqatni yog'och yoki
issiqlikka chidamli kapkir bilan oling. Pishgan ovqatni olib tashlash uchun o'tkir
vilka yoki pichoqni ishlatmang, chunki bu yopishmaydigan qoplamaga zarar
etkazishi mumkin.
Grilni ishga tushirish uchun tayyorgarlik ko'rish
Grilini o'rovdan ochib oling va kabelni tortib yozing, faqat vilkani rozetkaga
ulamang. Yog'ni yig'ib oladigan poddon (taglik) ❽ gril korpusi poydevorining ❺
orqa tomonidagi (a rasmga qarang) taglikka ❾ o'rnatilganiga ishonch hosil qiling
(b rasmga qarang). Uni yechib olish uchun ustki olinadigan panelidagi ❼
fiksatorning ❹ yuqorigi tugmasini bosing, keyin esa fiksatorning ❹ pastki
tugmasi yordamida pastki olinadigan panelni ❻ yuqoriga ko'targan holda yechib
oling. Grilning olinadigan panelini iliq sovun suvda yuving, keyin esa yumshoq latta
bilan quruq qilib artib qo'ying. Ushbu qismlar idishlarni yuvish mashinasida ham
yuvilishi mumkin. Har bir pishirishdan keyin panellarni yuvib va quriq qilib artib
qo'ying. Ishlatishdan oldin, grilning yuqori va pastki panellarini qaytib joyiga
qo'ying. Grilni tekis, mustahkam va issiqlikka chidamli yuzaga qo'ying.
ESLATMA. Olinadigan panellar o'zaro almashtiriladigan panellar va ular ikki
tomonli: bir tomoni qovurg'asimon yuzaga ega, ikkinchi tomoni tekis yuzaga
aeno.com/documents
145