Descargar Imprimir esta página

AENO EK7S Guia De Inicio Rapido página 181

Ocultar thumbs Ver también para EK7S:

Publicidad

Idiomas disponibles
  • MX

Idiomas disponibles

  • MEXICANO, página 160
Cheklovlar va ogohlantirishlar
Qurilmani ishlatishdan oldin ushbu hujjatni diqqat bilan o'qib chiqing.
Choynak faqat maishiy foydalanish uchun mo'ljallangan va uni tashqarida
ishlatmaslik kerak. Qurilma 14 yoshgacha bo'lgan bolalar yoki jismoniy, psixik
yoki aqliy imkoniyatlari cheklangan shaxslar tomonidan, agar ularda
qurilmadan foydalanish bo'yicha yetarli tajriba va bilim yo'q bo'lsa va agar
ularning xavfsizligi uchun mas'ul shaxs tomonidan nazorat qilinmayotgan
bo'lsa, foydalanishi
uchun mo'ljallanmagan. Ishlatishdan oldin, texnik
xususiyatlarda ko'rsatilgan nominal kuchlanish va chastota elektr tarmog'i
parametrlariga mos kelishiga ishonch hosil qiling. Shikastlangan qurilmadan
foydalanmang. Qurilma ta'miri vakolatli xizmat ko'rsatish markazining malakali
mutaxassisi tomonidan amalga oshirilishi kerak. Ta'minot kabelining o'tkir
predmatlar va issiq yuzalarga tegishiga yo'l qo'ymang. Vilka, ta'minot kabeli,
choynak va/yoki taglikni suvga yoki boshqa suyuqliklarga botirmang.
Qurilmani tashqi issiqlik manbalaridan yoki boshqa elektr jihozlaridan
uzoqroqqa o'rnating. Bo'sh choynakni
yoqmang. Suv qaynayotganda
shuningdek, qaynagandan keyin ikki daqiqa davomida choynak qopqog'ini
ochmang. Issiq suv quyayotganda ehtiyot bo'ling, choynakni suv bilan juda
keskin egmang. Choynakni ko'tarishdan oldin qopqoq mahkam yopilganligiga
ishonch hosil qiling. Choynakni faqat tutqichidan ko'taring. Suvni korpusning
ichki qismidagi "MIN" belgisidan pastroq va "MAX" belgisidan yuqoriga
quymang. Qurilmadan faqat ta'minlangan stend bilan foydalaning. Choynak
faqat
suvni
isitish
va
qaynatish
uchun
mo'ljallangan.
Qasmoqning
shakllanishini kamaytirish uchun tozalangan suvdan foydalaning. Choynak
foydalanilmayotganda va tozalashdan oldin choynakni elektr tarmog'idan
uzing. Kimyoviy va agressiv yuvish vositalari, abraziv pastalar, kislotalar va
erituvchilarni o'z ichiga oluvchi vositalarni, shuningdek, metall gubkalarni
tozalash uchun ishlatmang. Bolalarga qurilmadan foydalanishiga va/yoki u
bilan oʻynashiga yoʻl qoʻymang. Batafsil ma'lumotni aeno.com/documents
saytidan yuklab olish mumkin bo'lgan to'liq foydalanuvchi qo'llanmasidan
topishingiz mumkin.
aeno.com/documents
181

Publicidad

loading

Este manual también es adecuado para:

Ek8sAek0007sAek0007s-ukAek0008sAek0008s-uk