Samsung NK36N9804VB/UR Montaje Y Modo De Empleo página 94

Tabla de contenido

Publicidad

Idiomas disponibles
  • MX

Idiomas disponibles

  • MEXICANO, página 20
UZ - O'rnatish va foydalanish bo'yicha qo'llanma
Ushbu qo'llanmada foydalanilgan belgilar
OGOHLANTIRISH
Qattiq tan jarohati yoki oʻlimga olib kelishi mumkin boʻlgan xavfli omillar yoki xavfli
harakatlar.
DIQQAT
Tok urishi, tan jarohati yoki mol-mulkka zarar yetkazishi mumkin boʻlgan xavfli omillar
yoki xavfli harakatlar.
QAYDNOMA
Foydali maslahatlar va yoʻriqnomalar
Ushbu yoʻriqnomadagi ogohlantirish belgilari siz va yaqinlaringizga jarohat yetishini
oldini olish uchun keltirilgan.
Ularga qat'iy amal qiling. Ushbu yoʻriqnomani oʻqigandan soʻng kelajakda qayta
murojaat etish uchun olib qoʻying.
Ushbu qoʻllanmada keltirilgan yoʻl-yoʻriqlarga qat'iy amal qiling. Ishlab chiqaruvchi
oʻzidan ushbu qoʻllanmada keltirilgan yoʻriqlarga amal qilmaslik oqibatida biror narsani
buzilishi, mol-mulkka zarar yetishi yoki yongʻin kelib chiqqan taqdirda har qanday
javobgarlikni oʻz boʻynidan soqit qiladi. Ushbu jihoz uyda va shu kabi joylarda, masalan:
ishxona, doʻkon va shu kabi binolar oshxonalarida, fermalarda, mehmonxona va
motellarda mijozlar tomonidan, yotoqxona va nonushta qilinadigan joylarda foydalanish
uchun moʻljallangan.
Ushbu havo soʻrgich dizayni ushbu qoʻllanmadagi rasmlarda keltirilgan havo
soʻrgichlardan farqli boʻlishi mumkin. Ammo foydalanish boʻyicha qoʻllanma,
texnik xizmat koʻrsatish va oʻrnatish tartibi bir xildir
Ushbu yoʻriqnomani unga keyinchalik zarur boʻlganda murojaat qilish uchun saqlab
qoʻyish juda muhimdir. Agar ushbu mahsulot sotilsa, boshqalarga berilsa yoki
boshqa joyga koʻchirilsa yoʻriqnoma doimo mahsulot bilan birga saqlanishi lozim.
Yoʻriqnomani diqqat bilan oʻqib chiqing. Unda jihozni oʻrnatish, foydalanish va
xavfsizlik boʻyicha muhim ma'lumotlar mavjud.
Jihozning elektrik yoki mexanik qismida, yoki havo tarqatuvchi quvurlariga
oʻzgartirish kiritish ta'qiqlanadi.
Jihozni oʻrnatishdan oldin barcha qismlarning butligi va yaxlit ekaniga ishonch hosil
qiling. Jihozda biror futur yetgan joy aniqlangan taqdirda mahsulot yetkazib
beruvchiga murojaat qiling va aslo uni oʻrnatishga urinmang.
Diqqat
• Biror tozalash yoki texnik xizmat koʻrsatishdan oldin havo
soʻrgich vilkasini rozetkadan sugʻurib yoki xonaning
umumiy viklyuchatelini oʻchirgan holda elektr tokidan
uzing.
• Oʻrnatish va texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha har qanday
amaliyot paytida ishchi qoʻlqoplardan foydalaning.
• Jihozdan yoshi 8 dan oshgan bolalar, jihozdan xavfsiz
foydalanish boʻyicha oʻrgatilganda va u bilan bogʻliq
boʻlgan xatarlarni anglashga qodir boʻlgan taqdirlarida
jismoniy va ruhiy hasta yoki yetarli tajribaga ega
boʻlmagan insonlar foydalanishlari mumkin.
• Bolalarga jihozni boshqarish imkoni berilmasligi va ular
jihoz bilan oʻynamasliklari lozim.
• Tozalash va texnik xizmat koʻrsatish amaliyotlari nazorat
ostida boʻlmagan bolalar tomonidan amalga oshirilishi
mumkin emas.
• Jihoz gaz yoki boshqa yoqilgʻilarda ishlaydigan boshqa
jihozlar bilan bir vaqtda foydalanilgan taqdirda jihoz
oʻrnatilgan xonada yetarlicha havo aylanishi ta'minlanishi
kerak.
94
• Havo soʻrgichning ichi va tashqi tomoni tez-tez tozalanib
turilishi lozim (BIR OYDA KAMIDA BIR MAROTABA).
• Bu ish texnik xizmat koʻrsatish qoidalariga qat'iy amal
qilingan holda amalga oshirilishi lozim. Havo soʻrgichni
tozalash va filtrlarni almashtirish yoki tozalash boʻyicha
talablarni bajarmaslik yongʻin xavfini orttiradi.
• Havo soʻrgich ostida ochiq olovda taom tayyorlash
qat'iyan ma'n etiladi.
Yorituvchi
lampani
qoʻllanmaning
lampalarga
koʻrsatish/almashtirish boʻlimida koʻrsatilgan lampalardan
foydalanish lozim.
• Jihoz tomonidan parlar chiqarilishi boʻyicha texnik va
xavfsizlik
choralari
masalasida
tomonidan belgilangan qonun-qoidalarga toʻliq amal qilish
talab etiladi.
• Soʻrib olinayotgan havo gaz va boshqa yoqilgʻilarda
ishlayotgan jihozdan tortib chiqarishga moʻljallangan
quvurga tushishini oldini olish zarur.
OGOHLANTIRISH! Ushbu yoʻriqnomaga muvofiq
tarzda vintlar yoki boshqa qotiruvchi jihozlarni oʻrnatmaslik
elektr bilan bogʻliq xatarlarga olib kelishi mumkin.
Ochiq olovdan foydalanish filtrlarga zarar yetkazadi va yongʻin xavfini keltirib chiqarishi
mumkin, shu sababli har qanday holatda undan foydalanishdan qochish lozim.
Qovurish jarayoni qizigan yogʻ yonib ketishini oldini olish uchun nazorat ostida boʻlishi
lozim.
DIQQAT: Taom pishirish vaqtida jihozning yuza qismlari qizishi mumkin.
• Jihoz toʻliq oʻrnatilmaguncha uni elektr tarmogʻiga ulamang.
• Tok urishi ehtimoli mavjudligini hisobga olib lampani toʻgʻri oʻrnatmasdan turib havo
soʻrgichdan foydalanmang yoki uni qarovsiz qoldirmang.
• Hech qachon panjarasi notoʻgʻri oʻrnatilgan havo soʻrgichdan foydalanmang.
• Bunga maxsus koʻrsatma mavjud boʻlmagan taqdirda havo soʻrgich ASLO ustun
sifatida qoʻllanilmasligi lozim.
• Oʻrnatish uchun faqat mahsulot bilan birga ishlab chiqarilgan qotiruvchi vintlardan
foydalaning va agar ular komplektda mavjud boʻlmasa jihozni qotirish uchun mos
keluvchi vintlarni xarid qiling.
• Oʻrnatish boʻyicha qoʻllanmada koʻrsatilgan uzunlikdagi vintlardan foydalaning.
• Biror shubha tugʻilsa rasmiy xizmat koʻrsatish markazi yoki shunday malakaga ega
biror shaxs bilan maslahatlashing.
OGOHLANTIRISH!
Avtomatik tarzda yoqiladigan dasturlovchi, taymer,
alohida masofadan turib boshqarish tizimi yoki shu kabi boshqa qurilmalardan
foydalanmang.
• Ushbu mahsulot Elektrik va elektron qurilmalarni utilizatsiya qilish boʻyicha
2012/19/EC - UK SI 2013 No.3113 raqamli Yevropa koʻrsatmasiga (WEEE) asosan
markirovka qilingan.
• Ushbu mahsulotni toʻgʻri foydalanishini ta'minlagan holda siz atrof muhit va inson
salomatligiga yetishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlarni oldini olgan boʻlasiz, aks holda
notoʻgʻri foydalanganish shu kabi oqibatlarga olib kelishi mumkin.
• Ushbu belgi
mahsulot ustida yoki unga ilova qilingan hujjatlarda kelganda,
ushbu mahsulotga nisbatan odatiy uy chiqindilariga boʻlgani kabi munosabatda boʻlish
mumkin emasligini anglatadi. Aksincha, uni keyingi utilizasiya qilinishi uchun maxsus
elektr va elektron jihozlarni qabul qilish nuqtalariga topshirish maqsadga muvofiq.
Mahsulotni parchalash uchun topshirish chiqindilarni utilizasiya qilish boʻyicha mahalliy
qoidalarga amal qilgan holda bajarilishi kerak.
• Bu kabi mahsulotlar bilan muomala qilish, ularni utilizasiya va qayta ishlash boʻyicha
batafsil ma'lumot olish uchun mahalliy hokimiyat organlari, chiqindilarni utilizasiya qilish
xizmati yoki ushbu mahsulotni harid qilgan doʻkoningizga murojaat qiling.
Jihoz quyidagilarga asosan loyihalashtirilgan, sinalgan va ishlab chiqarilgan:
• Xavfsizlik: EN/IEC 60335-1; EN/IEC 60335-2-31, EN/IEC 62233.
• Ishlash xususiyatlari: EN/IEC 61591; ISO 5167-1; ISO 5167-3; ISO 5168; EN/IEC
60704-1; EN/IEC 60704-2-13; EN/IEC 60704-3; ISO 3741; EN 50564; IEC 62301.
• EMM: EN 55014-1; CISPR 14-1; EN 55014-2; CISPR 14-2; EN/IEC 61000-3-2;
EN/IEC 61000-3-3. Atrof-muhitga salbiy ta'sir koʻrsatishni kamaytirish maqsadida
jihozdan toʻgʻri foydalanish boʻyicha berilgan tavsiyalar: Taom pishirishni boshlaganda
havo soʻrgichni past tezlikda ishga tushiring va taom pishirib boʻlgandan soʻng ham bir
necha daqiqa ish holatida qoldiring. Tezlikni faqat tutun va par miqdori katta boʻlib
ketgan taqdirda oshiring va maksimal tezlikdan faqat oʻta zarur holatlarda foydalaning.
almashtirish
uchun
ushbu
texnik
xizmat
mahalliy
organlar

Hide quick links:

Publicidad

Tabla de contenido
loading

Este manual también es adecuado para:

Nk36t9804vd/urNk24n9804vb/ur

Tabla de contenido