Samsung NK36N9804VB/UR Montaje Y Modo De Empleo página 95

Tabla de contenido

Publicidad

Idiomas disponibles
  • MX

Idiomas disponibles

  • MEXICANO, página 20
Yoqimsiz hidlar yaxshi soʻrilishi uchun koʻmir filtrlarini vaqtida almashtirib turing.
Yogʻlarni ushlab qoluvchi filtrlar samarali xizmat qilishi uchun ularni vaqtida almashtirib
turish lozim.
Samaradorlikni oshirish va shovqinni kamaytirish uchun ushbu
qoʻllanmada keltirilgan havo tortuvchi quvurlarning maksimal diametridan foydalaning.
Foydalanish
Havo soʻrgich taom pishirish vaqtida tutun va parlarni soʻrib olish uchun xizmat qiladi va
faqat maishiy foydalanish uchun moʻljallangan.
Havo soʻrgich havoni tashqariga soʻrgich yoki uni filtrlash rejimida ishlash uchun
loyihalashtirilgan.
Soʻruvchi rejim
Ushbu rejimda parlamalar ulovchi doiraga ulangan qayriluvchan quvurlar orqali
tashqariga tortib ketiladi.
DIQQAT!
Soʻruvchi quvur mahsulot komplektiga kirmaydi va u alohida sotib olinishi lozim.
Soʻruvchi quvurning diametri ulovchi doira diametriga teng boʻlishi lozim.
DIQQAT!
Agar havo soʻrgichda koʻmir filtri mavjud boʻlsa uni olib tashlang.
Havo soʻrgichni havo chiquvchi teshik diametriga teng havo tortuvchi quvurga ulang
(ulovchi gardish).
Kichikroq diametrdagi quvurlarni oʻrnatish soʻrish kuchi kamayishi va shovqin
darajasining keskin ortishiga olib keladi.
Bu masaladagi har qanday shikoyatlar ra'd etiladi
!
Ishlatiladigan quvurning minimal uzunligi eng zarur darajada boʻlishi lozim
!
Boʻgʻinlar soni eng kam boʻlgan quvurdan foydalaning (maksimal bukilish burchagi:
90°)
!
Quvur kesimining keskin oʻzgarishini oldini olish lozim
Agar chiqarish versiyasidan foydalanayotgan bo'lsangiz, dudburondagi ko'mir
filtrini olib tashlang.
Filtrlovchi rejim
Aylantiriluvchi havo qaytadan xonaga purkalgunga qadar yogʻlar va yoqimsiz hidlardan
tozalanadi.
Ushbu variantdagi havo soʻrgichdan foydalanish uchun faol koʻmir asosidagi
qoʻshimcha filtrlash tizimini oʻrnatish talab etiladi
Oʻrnatish
• Plita ustidagi pishirish uskunasining tayanch yuzasi bilan
dudburonning eng pastki qismi orasidagi masofa elektr
plitalar uchun 45 smdan kam bo'lmasligi va gaz yoki
aralash plitalar uchun60 smdan kam bo'lmasligi zarur.
Gaz plitasini oʻrnatish yoʻriqnomasida kattaroq oraliq
masofa talab etilsa buni inobatga olish zarur.
*o'rnatishdan oldin mahalliy tartib-qoidalar bilan tanishib chiqing.
Elektr ulanish
Tarmoqdagi kuchlanish havo soʻrgich ichki tomonida
joylashgan texnik ma'lumotlar taxtasida koʻrsatilgan
kuchlanishga mos kelishi lozim.
vilkaga ega boʻlsa, uni shtepsel teshigiga ulang. Shtepsel
amaldagi qoidalar talablariga javob berishi va qulay joyda
joylashgan boʻlishi kerak. Jihozni rozetkaga uni oʻrnatib
boʻlgandan soʻng ulash mumkin. Agar havo soʻrgichda
vilka mavjud boʻlmasa (tarmoqqa bevosita ulanish) yoki
shtepsel teshigi qulay joyda joylashmagan boʻlsa, jihozni
oʻrnatib boʻlgandan soʻng, oʻrnatish yoʻriqnomasiga
asosan, 3-toifadagi yuqori kuchlanish holati yuz berganda
tarmoqni toʻliq uzib tashlash imkonini beruvchi ikki qutbli
viklyuchateldan foydalaning.
OGOHLANTIRISH! Havo soʻrish tizimini elektr quvvati
tizimiga ulashdan va jihozning toʻgʻri ishlayotganini
tekshirishdan oldin elektr toki bilan quvvatlantiruvchi kabel
toʻgʻri oʻrnatilganiga ishonch hosil qiling.
Havo soʻrgich maxsus quvvatlantiruvchi kabelga ega
Agar havo soʻrgich
boʻlib, unga futur yetgan hollarda texnik xizmatga
buyurtma berib harid qilishingiz mumkin.
Oʻrnatish
Oʻrnatishdan oldin:
Siz harid qilgan jihoz oʻlchamlari oʻrnatmoqchi boʻlgan yeringizga mos kelishini
tekshiring.
Mavjud boʻlgan taqdirda koʻmir filtrlarini yechib oling (taalluqli boʻlimga qarang).
Filtrlarni faqat havo soʻrgichni filtratsiya rejimida ishlatishni hohlasangiz qaytadan
oʻrnatish mumkin.
Havo soʻrgichni ichini transport yordamida olib kelish paytida begona narsalar
(vintlar solingan paketlar, kafolat qogʻozlari va h.) qolib ketmaganiga amin boʻlish
uchun tekshiring va mavjud boʻlsa ularni chiqarib saqlab qoʻying.
Havo soʻrgich barcha turdagi devorlar/shiftlarga qotirish uchun dyubellar bilan
ta'minglangan. Ammo, materiallar sizning devor/shiftingizga mos kelishini aniqlashtirish
uchun malakali texnikka murojaat qilishingiz lozim. Devor/shift jihoz ogʻirligini hisobga
olgan holda yetarlicha mustahkam boʻlishi kerak.
Eslatma: Qismlarga "(*)" belgisi qo'yilgan bo'lsa, bular ayrim modellarda mavjud
bo'lgan, ayrimlarida esa mavjud bo'lmasa-da, alohida sotib olish mumkin bo'lgan
anjomlardir.
Texnik xizmat koʻrsatish
Tozalash
Tozalash uchun FAQAT neytral tozalovchi suyuqlikda hoʻllangan lattadan foydalaning.
HECH QANDAY TOZALASH QUROLLARIDAN FOYDALANMANG. Abraziv
materiallardan iborat vositalarni qoʻllamang. SPIRTDAN FOYDALANMANG!
Texnik xizmat koʻrsatish jarayonida doimo ishchi qoʻlqoplarni taqing.
SENSORNI TOZALAMANG.
Yogʻlarni ushlab qoluvchi filtrlar.
Rasm 9-20
Plitalardan chiquvchi yogʻ parchalarni ushlab qoladi.
Filtrni har oyda yumshoq ta'sir etuvchi yuvuvchi vositalar yordamida qoʻlda yoki idish
yuvuvchi uskuna yordamida past haroratda, yuvishning qisqa siklida tozalash lozim.
Idish yuvuvchi uskuna yordamida yuvganda yogʻlarni tutib qoluvchi filtr rangi xiralashishi
mumkin, lekin uning filtrlash xususiyati mutlaqo oʻzgarmaydi.
Yogʻlarni tutib qoluvchi filtrni yechish uchun filtrni ajratish uchun moʻljallangan prujinali
tutqichni oʻzingizga torting.
Koʻmir filtri (filtrlovchi rejim uchun)
Rasm 19
Oshxonadagi yoqimsiz hidlarni yoʻqotadi.
Ko'mir filtrining toʻyinishi undan ancha vaqt foydalangandan soʻng, oshxona turi va
yogʻlarni tutib qoluvchi filtrning tozalanib turilish vaqtiga qarab yuz berishi mumkin.
Har qanday holatda ham kartrijni har to'rt oyda kamida bir marta almashtirish zarur (yoki
filtrning to'yinganligini ko'rsatuvchi tizim – agar berilgan modelda mavjud bo'lsa –
almashtirish zarurligini ko'rsatsa). Ko'mir filtrini yuvish yoki qayta tiklash MUMKIN
EMAS.
Yumaloq koʻmir filtri
Motor rotorining himoyalovchi panjaralarining ikkala tomonini qoplash uchun har
tomoniga bittadan filtr qoʻying va soat strelkasi boʻylab aylantiring.
Uni yechish uchun soat strelkasiga teskari tomonga aylantiring.
Koʻmir filtrlarini harid qilish
Koʻmir filtrlari Samsung servis veb-sahifasi va xizmat koʻrsatish markazidan harid
qilinishi mumkin. Qoʻllanmaning soʻnggi sahifasiga qarang.
Lampalarni almashtirish
Havo so'rgich LED texnologiyada ishlovchi yoritish tizimi bilan jihozlangan.
LED lampalari optimal yorugʻlikni ta'minlab, odatiy lampalarga qaraganda 10 barobar
uzoq xizmat koʻrsatadi va 90% elektr energiyasini tejash imkonini beradi.
Almashtirish uchun texnik xizmat koʻrsatish markaziga murojaat qiling.
95

Hide quick links:

Publicidad

Tabla de contenido
loading

Este manual también es adecuado para:

Nk36t9804vd/urNk24n9804vb/ur

Tabla de contenido