LG Multi V ARNU18GV1A4 Manual Del Propietário página 174

Ocultar thumbs Ver también para Multi V ARNU18GV1A4:
Tabla de contenido

Publicidad

Idiomas disponibles
  • MX

Idiomas disponibles

  • MEXICANO, página 25
24,MFL69382010,우우우 2017. 12. 22. 우우 9:55 Page 6
Xavfsizlik ehtiyot choralari
O'rnatish
• O'rnatish yoki ta'mirlash ishlaridan so'ng doimo gaz (sovutuvchi agent) sizib
chiqish holatlarini tekshiring.
- Sovutish agenti miqdorining kamayib ketishi qurilmada nosozlik kelib
chiqishiga olib kelishi mumkin.
• Suvning ko'zda tutilganidek chiqarib to'kilishini ta'minlash uchun drenaj
shlangini o'rnating.
- Shlangning yaxshi ulanmasligi suvning sizib chiqishiga olib kelishi mumkin.
• Jihozni o'rnatish jarayonida jihozning tekisligini ta'minlang.
- Tebranish yoki suv sizib chiqishini oldini olish uchun.
• Qo'shnilarga tashqi blokdan chiquvchi shovqin va issiq havo noqulayliklar
yaratishi mumkin bo'lgan joyga jihozni o'rnatmang.
- Qo'shnilarga muammolar tug'dirishi mumkin.
• Jihozni ko'tarish va tashish uchun ikki yoki undan ortiq odam yordamidan
foydalaning.
- Tan jarohatidan saqlaning.
• Dengiz shamoli (tuzli shamol) bevosita ta'sir etishi mumkin bo'lgan joyga
o'rnatmang.
- Bu qurilma ustida zanglash paydo bo'lishiga olib kelishi mumkin. Zanglash,
ayniqsa, kondensator va bug'latgich qovurg'alarida, jihozning nosozligiga
yoki samarasiz ishlashiga olib kelishi mumkin.
Ishlatish
• Uzoq vaqt davomida terini salqin havo oqimi ostida qoldirmang. (Yelvizakda
o'tirmang.)
- Bu sog'lig'ingizga ziyon yetkazishi mumkin.
• Konditsionerdan boshqa maqsadlarda, masalan oziq-ovqatlarni, sa'nat asarlari
va boshqa narsalarni saqlash uchun foydalanmang. Qurilma faqat sun'iy iqlim
hosil qilish vazifasini bajaradi, u mahsulot saqlanadigan sovutgich tizimi emas.
- Zarar yoki mulkni yo'qotish ehtimoli bor.
• Havo oqimi kiradigan yoki chiqarigan tirqishlarni to'sib qo'ymang.
- Bu jihozda nosozlik chiqishiga olib kelishi mumkin.
• Tozalash uchun yumshoq matodan foydalaning. Qattiq yuvish vositalari,
eritgich moddalar va boshqalardan foydalanmang.
6
Ichki blok
DIQQAT

Publicidad

Tabla de contenido
loading

Tabla de contenido