tuzatilgan tishlarda (plombalar, tojlar, vinirlar), agar
ular toʻgʻri jipslashgan va shikastlanmagan boʻlsa,
foydalanish uchun xavfsiz boʻlishi kerak. Agar
muammo yuzaga kelsa, stomatologga murojaat
qiling.
Batareya holati
Bu Philips One tish choʻtkasi kamida 8 soat davomida
toʻliq quvvatlanganidan keyin kamida 60 ta tozalash
seansini taqdim etish uchun moʻljallangan. Agar
kuniga 2 marta tozalasangiz (har bir seans 2
daqiqadan davom etsa), bu 1 oylik foydalanishga
yetarli quvvatni taʼminlaydi.
Batareya chiroq idikatori sariq rangda miltillasa, bu
Philips One qurilmangizni quvvatlash vaqti kelganini
bildiradi (Philips One qurilmangizni quvvatlash bobiga
qarang). Quyidagi jadvalda batareya holatlari
keltirilgan:
Qolgan
tozalashlar soni
40-60 ta
tozalash
7-39 ta tozalash Oq –
≤6 ta tozalash
0 ta tozalash
qolgan
Izoh: Batareya toʻliq boʻshligida tish choʻtkasi oʻchadi.
Tish choʻtkasi batareya qayta quvvatlangunigacha
yonmaydi. Tish choʻtkasi quvvatlanayotganida
yonmaydi.
Izoh: Batareyadan foydalanish vaqti mahsulotning
ishlash muddati davomida kamayishi kutiladi.
Tozalash
Tish pastasi va boshqa qoldiqlarni olib tashlash uchun
tish choʻtkangiz va aksessuarlarni muntazam ravishda
tozalashingiz kerak. Qurilmangizni tozalamaslik
qurilmaning gigiyenik boʻlmasligiga va uning
shikastlanishiga olib kelishi mumkin.
Ogohlantirish: Mahsulot yoki aksessuarlarni
idish yuvish mashinasida, mikrotoʻlqinli
pechda, kimyoviy moddalar yoki qaynoq issiq
suv bilan tozalamang.
Tish choʻtkasi dastasi
1 Choʻtka kallagini chiqarib oling va metall val
atrofini iliq suv bilan yuving (Şək. 14). Har qanday
tish pastasi qoldigʻini tozalaganingizni tekshiring.
2 Dastaning butun yuzasini nam mato bilan artib
oling.
Izoh: Ortiqcha suvni yoʻqotish uchun dastani
rakovinaga urmang.
Choʻtka kallagini tozalash
1 Choʻtka kallagi va choʻtkani har foydalanishdan
keyin yuving.
2 Choʻtka kallagini dastadan chiqarib oling va
choʻtka kallagi ulanish qismini kamida haftada bir
marta iliq suv bilan yuving.
Sayohat qopqogʻi yoki choʻtka kallagi
sayohat qopqogʻini tozalash
Sayohat gʻilofi yoki choʻtka kallagi sayohat qopqogʻini
har haftada iliq suv bilan yuving va nam mato bilan
tozalab arting.
USB-A quvvatlash kabeli va quvvatlash
portini tozalash
1 Tish choʻtkasi dastasidagi quvvatlash porti va USB-
A quvvatlash kabelidagi konnektorni tozalash
uchun siqilgan havodan foydalaning.
2 USB-A quvvatlash kabelini artish uchun biroz
namlangan matodan foydalaning, keyin havoda
toʻliq quriguncha qoldiring.
Izoh: Quvvatlash porti va konnektorlarga suv
tegishining oldini oling. Tozalashdan keyin USB-A
quvvatlash kabelini USB quvvat taʼminoti blokiga
ulashdan avval u toʻliq quriganini tekshiring.
Xotira
Agar mahsulotdan uzoq vaqt foydalanmaydigan
boʻlsangiz, uni (qarang "Tozalash") tozalang, toʻliq
quvvatlang hamda quyosh tushmaydigan salqin va
quruq joyga olib qoʻying.
Almashtirish
Choʻtka kallagi
Optimal natijalarga erishish uchun choʻtka kallagini
har 3 oyda almashtiring. Faqat Philips One choʻtka
kallaklari Philips One bilan mos keladi.
Model raqamini aniqlash
Choʻtka kallagini dastadan chiqarib oling. Model
raqami (HY120X) uchun dasta yuqorisidagi metal val
yoniga qarang.
Kafolat va qoʻllab-quvvatlash
Agar sizga maʼlumot yoki qoʻllab-quvvatlash kerak
boʻlsa, www.philips.com/support veb-saytiga
tashrif buyuring yoki xalqaro kafolat varaqasiga
qarang.
Kafolat istisnolari
Bular kafolat bilan qoplanmaydi:
-
Ogʻiz biriktirmalari, jumladan, choʻtka kallaklari va
uchliklari.
-
Ruxsat berilmagan ehtiyot qismlar yoki ruxsat
berilmagan choʻtka kallaklari sababli yetkazilgan
zararlar.
-
Notoʻgʻri foydalanish, zoʻriqtirish, beparvo
foydalanish, oʻzgartirish yoki uchinchi tomon
taʼmirlashi keltirib chiqargan shikastlanish.
-
Odatiy eskirish, jumladan, qirilish, ishqalanish, rang
oʻzgarishi yoki rang oʻchishi.
Batareya
indikatori
Oq – yaxlit
yorugʻlashish va
xiralashish
Sariq – miltillash Tozalashdan
Sariq – miltillash 5 ta qisqa signal
Qisqa tovush
-
-
keyin 5 ta qisqa
signal
x 2