Descargar Imprimir esta página

Hotpoint Ariston HFC 3C26 F X Guía De Referencia Diaria página 32

Publicidad

VARIANT VA FUNKSIYALAR
VARIANTLARNI tegishli tugmani bo'sib tanlab olishingiz mumkin (BOSHQARUV PANELI ni ko'ring).
Agar variant tanlangan dasturga mos kelmasa DASTUR JAVALI ni ko'ring, tegishli LED lampochkalari 3 marta tez yonib o'chadi
va signal tovushi eshitiladi. Variant ishga tushmaydi.
ZONE WASH
Agar yuviladigan idishlar uncha ko'p bo'lmasa, suv, elektr
energiyasi va tozalash vositasini tejash maqsadida idish yuvish
mashinasini qisman to'ldirib ham ishlatish mumkin.
Mos dasturni tanlang, so'ngra ZONE WASH tugmasini bosing:
tanlangan to'r belgisi displeyda paydo bo'ladi.
Standart holatda jihoz barcha to'rlardagi idishlarni yuvadi.
Faqat maxsus tokchani yuvish uchun ushbu tugmani qayta-
qayta bosing:
displeyda ko'rsatilgan (faqat pastki g'aladon)
displeyda ko'rsatilgan (faqat tepa g'aladon)
displeyda ko'rsatilgan (faqat Ovqatlanish anjomlari g'aladoni)
displeyda ko'rsatilgan (variant O'CHIRILGAN va uskuna idishni
barcha g'aladonlarda yuvadi).
Idishni faqat tepa yoki faqat pastki g'aladonga yuklash
esingizdan chiqmasin, bu yo'l bilan siz yuvish vositasi
miqdorini kamaytirasiz.
Agar ustki tokcha olib tashlangan bo'lsa, yuvish vositasibi
tarqatgich o'rniga to'g'ridan-to'g'ri vanna ichiga soling.
TUGMALAR BLOKIROVKASI
ZONE WASH tugmasini uzoq (3 sekund mobaynida) bosib
tursangiz, TUGMALAR BLOKIROVKASI funksiyasi faollashtiriladi.
TUGMALAR BLOKIROVKASI funksiyasi ULASH/O'CHIRISH
tugmasidan tashqari, butun boshqaruv panelini blokirovka
qiladi. TUGMALAR BLOKIROVKASI funksiyasini bekor qilish
uchun, uni uzoq bosib turing.
YOPIQ SUV – Havfi
Suv kelishi to'xtasa yoki suv krani yopiq bo'lsa miltillab yonadi.
SHORT TIME
Bu variant asosiy dasturlarni ishlatish muddatini kamaytirgan
holda yuvish va quritish sifatini bir xil darajada saqlaydi.
Dasturni tanlagandan so'ng SHORT TIME tugmasini bosing -
ko'rsatkich chirog'i yonadi. Variantni bekor qilish uchun o'sha
tugmani qayta bosing.
PLANSHET
Mazkur o'rnatilgan funksiya ishlatilgan yuvish vositasi turiga
asosan dasturni ishini jadallashtirishga yordam beradi.
Siz SHORT TIME tugmasini 3 sekund mobaynida bosing
(ko'rsatkich chirog'i yonadi)agar Planshetda universal yuvish
vositasidan foyalangan bo'lsangiz (chayqash vositasi, tuz va
yuvish vositasi bir o'lchovda).
Agar siz poroshok yoki suyuq yuvish vositasidan
foydalansangiz, bu funksiya o'chirilgan bo'lishi shart.
4
KECHIKTIRISH
Dasturni boshlanish vaqti 0:30 va 24 soat o'rtasida kechroq
vaqtga surilishi mumkin.
1. Dastur va boshqa xohlagan variantni tanlang. Dastur
boshlanishini kechiktirish uchun KECHIKTIRISH tugmasini
(takror-takror) bosing. 0:30 va 24 soat orasida rostlanishi
mumkin. Tugmani xar bir bosishda dastur boshlanish vaqti
: 4 soatgacha bo'lsa 0:30 minutga, 12 soatgacha bo'lsa 1:00
soatga, 12 soatdan oshsa 4 soatga kechiktiriladi. Agar 24
soatga yetib borib tugmani bossangiz, dastur boshlanishini
kechiktirish funksiyasi bekor qilinadi.
2. ULASH/KUTISH tugmasini bosing: taymer vaqt o'tishini
sanaydi;
3. O'rnatilgan vaqt tugagach, ko'rsatkich lampochkasi o'chib
dastur avtomatik ravishda ishga kirishadi.
Agar taymer vaqt o'tishini sanagan paytida ULASH/KUTISH
tugmasini yana bir bor bossangiz KECHIKTIRISH varianti bekor
qilinadi va tanlangan dastur avtomatik ravishda boshlanadi.
KECHIKTIRISH funksiyasini yuvish jarayoni boshlangan
bo'lsa o'rnatib bo'lmaydi.
TOZALASH
Aktiv jarayonni to'xtatib bekor qilish uchun, TOZALASH
funksiyasini ishlatish mumkin.
ULASH/KUTISH tugmasi uzoq muddat bosilib tursa, TOZALASH
funksiyasi faollashadi. Aktiv dastur to'xtaydi va idish yuvish
mashinasidagi suv chiqarib tashlanadi.
ActiveDry
ActiveDry har kuni quritish jarayonini ta'minlaydigan quritish bosqichida
/ undan keyin avtomatik ravishda eshikni ochadigan konveksiya quritish
tizimidir. Eshik oshxona mebelingiz uchun xavfsiz bo'lgan haroratda
ochiladi, shuning uchun SHORT TIME opsiyasi yoqilganda eshik ochilmaydi.
Qo'shimcha bug 'himoyasi sifatida idish yuvish mashinasiga maxsus
mo'ljallangan himoya folgasi qo'shiladi (model turiga qarab - uni sotib
olish zarurati bo'lishi mumkin). Himoya folgasini joylashtirish yo'lini ko'rish
uchun iltimos (O'RNATISH QOLLANMASIGA) rioya qiling.
ActiveDry funktsiyasi foydalanuvchi tomonidan quyidagi tarzda o'chirib
qo'yilishi mumkin:
• O'CHIRISH UCHUN: Mashinani Yoqing, so'ng O'chiring. P tugmachasini
5 soniya bosib turing. 5 soniyani ohirida idish yuvish mashinasi qisqa
signal chaladi . Mashinani Yoqing, displeyda „oOF" ko'rinadi.
• YOQISH UCHUN: : Mashinani Yoqing, so'ng O'chiring. P tugmachasini
5 soniya bosib turing. 5 soniyani ohirida idish yuvish mashinasi qisqa
signal chaladi . Mashinani Yoqing, displeyda „oOn" ko'rinadi.

Publicidad

loading

Este manual también es adecuado para:

859991605720