Descargar Imprimir esta página

AENO DI1 Manual De Instrucciones página 113

Ocultar thumbs Ver también para DI1:

Publicidad

tozalangan suvdan foydalaning, og'izni chayib tozalash vositalari yoki
boshqa suyuqliklar yoki moddalar qo'shmang. Qurilma ishlayotgan vaqtda
nasadkaning chiqish teshiklarini ko'zingizga qarab yo'naltirmang.
Qurilmani foydalanishga tayyorlash
Qurilmani o'rovdan chiqarib oling. Uning korpusini ozgina suv bilan
namlangan mato bilan artib, quriting. Suv idishini ajratib oling (f-rasmga
qarang). "Texnik xizmat ko'rsatish" bo'limidagi "Kunlik parvarish qilish" bandida
ko'rsatilganidek, suv idishi va nasadkalarni yuving va quriting.
Qurilmani quvvatlash
DIQQAT! Tarmoq adapteri yetkazib beriluvchi komplektga kirmaydi. Smartfon,
planshet yoki boshqa qurilmaning (DC) 5 V, 1,0 A parametridagi elektr
manbaini ta'minlab beruvchi tarmoq adapteridan foydalanishingiz mumkin.
d-rasmda ko'rsatilganidek, qurilmani elektr tarmog'iga ulang. Batareya quvvati
indikatorining quvvatlash paytidagi holati (6):
 qurilma quvvatlanmoqda - indikator qizil rangda yonib o'chadi;
 qurilma to'liq quvvatlandi - indikator yashil rangda yonadi.
Quvvatlash yakunlangandan so'ng, qurilmani elektr tarmog'idan uzing, kabelni
(12) ajratib oling va qopqog'ini mahkam o'rnatish orqali USB portini (8) yoping.
Iltimos, birinchi foydalanishdan oldin qurilmani kamida 12 soat quvvatlang.
Batareya quvvati indikatorining ish rejimidagi holati (6):
 quvvat 5 % dan kam bo'lsa – indikator tez-tez qizil rangda yonadi, qurilma
yoqilmaydi;
 quvvat 5–10 % bo'lsa – indikator asta sekin qizil rangda yonib o'chadi;
 quvvat 10–100 % bo'lsa – indikator yonmaydi;
Qurilma quvvatlanib bo'lingandan so'ng, almashtiriladigan nasadkalardan
birini (13-16) korpusga o'rnating, uni chertish ovozi eshitilgungacha bosing.
Nasadka 360° ga aylanishi mumkin.
Irrigator nasadkalarining belgilanish maqsadi (c rasm):
 oziq-ovqat qoldiqlarini, tish blyashkasini (13) chiqarib tashlash uchun
standart nasadka;
 tilni tozalash uchun nasadka (14);
 breketlar, tish protezlari uchun ortodontik nasadka (15);
aeno.com/documents
113

Publicidad

loading

Este manual también es adecuado para:

Adi0001