Filtrni tozalash. Filtr qurilmani ishlatish va saqlash vaqtida ichiga tushishi
mumkin bo'lgan chang va sochlarni ushlab qoladi. Qurilmaning barqaror
ishlashini ta'minlash uchun har 2–4 haftada filtrni tozalash kerak. Filtr
quyidagicha tozalanadi:
1. Havo olish panjarasini pastga tortgan holda pastga tushiring (C rasmga qarang).
2. Quruq salfetka va/yoki cho'tka yordamida filtrdan chang va sochlarni olib
tashlang (E rasmga qarang).
DIQQAT! Filtrni oqayotgan suv ostida yuvish ta'qiqlanadi.
3. Havo olish panjarasini joyiga qayta o'rnating (D rasmga qarang).
O'z-o'zini tozalash funksiyasi
O'z-o'zini tozalash funksiyasi haqida batafsil ma'lumot aeno.com/documents
veb-saytida mavjud bo'lgan to'liq foydaluvchi qo'llanmasida keltirilgan.
Mumkin bo'lgan nosozliklarni bartaraf etish
1. Qurilma yoqilmayapti. Ehtimoliy sabablar: rozetka nosoz; isib ketishdan
himoya qilish ishga tushgan. Yechim: rozetkaning yaroqliligini unga boshqa
qurilmani ulash orqali tekshiring, agar kerak bo'lsa, qurilmani ishlaydigan
rozetkaga qayta ulang; qurilmani elektr tarmog'idan uzing va to'liq
sovushini kuting.
2. Kuchsiz havo oqimi. Ehtimoliy sabablar: nasadkadagi begona narsalarning
mavjudligi; qurilmaning past ishlash tezligi tanlangan. Yechim: qurilmani
elektr tarmog'idan uzing, to'liq sovushini kuting, so'ngra nasadkani chiqarib
olib, tozalang; tezlikni boshqarish tugmasi yordamida kerakli tezlikni sozlang.
DIQQAT! Taklif etilgan usullarning hech biri muammoni hal qilishga yordam
bermagan bo'lsa, yetkazib beruvchiga yoki vakolatli xizmat ko'rsatish
markaziga murojaat qiling. Qurilmani qismlarga ajratmang yoki uni o'zingiz
ta'mirlashga urinmang.
ASBISc
kompaniyasi
rivojlantirish, o'zgartirishlar kiritish, ushbu hujjatga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish
huquqini o'zida saqlab qoladi.
Kafolat muddati va xizmat muddati – mahsulot chakana savdo tarmog'ida sotilgan
kundan boshlab 2 yil.
Ishlab chiqaruvchi haqida ma'lumot: ASBISc Enterprises PLC, Iapetou, 1, Agios
Athanasios, 4101, Limassol, Cyprus (Kipr). Xitoyda ishlab chiqarilgan. Ko'rsatilgan barcha
savdo belgilari va ularning nomlari tegishli egalarining mulki hisoblanadi.
Qurilmaning dolzarb ma'lumotlari va batafsil tavsifi, shuningdek ulanish bo'yicha
ko'rsatmalar, sertifikatlar, sifat va kafolatlar bo'yicha da'volarni qabul qiladigan kompaniyalar
haqidagi ma'lumotlarni aeno.com/documents sahifasida yuklab olish mumkin.
120
foydalanuvchilarni
oldindan
ogohlantirmasdan
aeno.com/documents
qurilmani