Descargar Imprimir esta página

AENO EG5 Manual De Instrucciones página 177

Ocultar thumbs Ver también para EG5:

Publicidad

Idiomas disponibles
  • MX

Idiomas disponibles

  • MEXICANO, página 155
Ortga hisoblash tugagandan so'ng oxirida 5 marta signal eshitiladi. Displeyda
"DONE" ("Tayyor") xabari paydo bo'ladi. LED indikatori rangi qizil rangga
o'zgaradi. Pishirish tugadi va qurilma qizdirishni to'xtatadi.
Mahsulotni muzdan tushirish. "Defrost" ("Muzdan tushirish") va "Start/Cancel"
("Boshlash / Bekor qilish") tugmalarini ketma-ket bosing. Oldindan isitish
tugagandan so'ng, panjarani oching va ovqatni pastki plastinka ustiga qo'ying.
Boshlash / Bekor qilish tugmasini yana bosing. Ortga hisoblash oxirida 5 marta
signal eshitiladi. Displeyda xabar paydo bo'ladi: "DONE" ("Tayyor"). Keyin kerakli
rejimni tanlab pishirishni davom eting (jadvalga qarang).
Qo'lda ishlash tartibi. "DIY" ("Qo'lda ishlash") tugmasini bosing, kerakli harorat
va pishirish vaqtini tanlang, so'ng "Start/Cancel" ("Boshlash / Bekor qilish")
tugmasini bosing. Oldindan isitish tugagandan so'ng, panjarani oching va
ovqatni pastki plastinka ustiga qo'ying. Boshlash / Bekor qilish tugmasini yana
bosing. Ortga hisoblash oxirida 5 marta signal eshitiladi. Displeyda xabar paydo
bo'ladi: "DONE" ("Tayyor").
Agar siz boshqa qurilmadan foydalanmoqchi bo'lmasangiz, uni "Start/Cancel"
("Boshlash / Bekor qilish") tugmasi bilan o'chiring va elektr tarmog'idan uzing.
Gril rejimlarining rang ko'rsatkichi
 ko'k – qurilma "Oldindan qizitish" rejimida ishlaydi;
 yashil – "Oldindan qizitish" rejimida ish yakunlandi;
 sariq – qurilma "Mahsulotni pishirish" rejimida ishlaydi;
 qizil – "Mahsulotni pishirish" rejimida ish yakunlandi.
Parvarishlash va tozalash
Qurilmaning sovishini kuting, so'ngra yog'ni yig'ib oluvchi taglikni (8)
ehtiyotkorlik bilan chiqarib oling va ichidagini bo'shating. Yechib olinadigan
panellarni chiqarib oling. Neytral yuvish vositasi yordamida ig'ib oluvchi taglikni
va yechib olinadigan panellarini yuving va qayta o'rnatishdan oldin yaxshilab
quriting. Har mahsulotni pishirishdan keyin yuqorida aytilgan prosedurani
takrorlang. Yig'ib oluvchi taglikni va yechib olinadigan panellarni idish yuvish
mashinasida yuvish mumkin. Metall cho'tkalar yoki abraziv tozalash
vositalaridan foydalanmang. Qurilmaning korpusini nam latta va ozgina yuvish
vositasi bilan tozalang. Keyin sirtni quruq mato bilan artib oling.
aeno.com/documents
177

Publicidad

loading

Este manual también es adecuado para:

Aeg0005