Qurilmadan foydalanish
1. Qurilmani ishlatishga tayyorlagandan so'ng, bug'lash qalpog'ini bug'lanishi
kerak bo'lgan buyumga qarating. Buyumni bo'sh qo'lingiz bilan himoya
qo'lqopda ushlang.
2. Bug'ni uzatish tugmasini bir marta bosing.
3. Bug'lashni tugatgach, bug'ni uzatish tugmasini bir marta bosing.
4. Almashlab ulagichni "Off" ("O'ch.") holatiga o'tkazing va qurilmani elektr
tarmog'idan uzing.
5. Idishning tiqinini oching va qolgan suvni to'kib tashlang.
6. Idish to'liq qurishini kuting: buning uchun uning tiqini ochiq bo'lishi kerak.
Tozalash va parvarishlash
DIQQAT! Qurilmani elektr tarmog'idan uzib, to'liq sovutgandan keyingina
tozalang.
DIQQAT! Qurilmani oqayotgan suv ostida yuvish yoki uni suvga botirish
ta'qiqlanadi.
Qurilma korpusini toza suv bilan namlangan yumshoq mato bilan tozalang.
Agar kuchli kirliklar bo'lsa, uni oz miqdordagi sovun eritmasiga namlangan
yumshoq mato bilan arting. Keyin – toza suv bilan namlangan mato bilan.
Tozalashdan keyin qurilmani quruq qilib arting.
Mumkin bo'lgan nosozliklarni bartaraf etish
1. Qurilma yoqilmayapti. Ehtimoliy sabablar: rozetka nosoz; isib ketishdan
himoya qilish ishga tushgan. Yechim: rozetkaning yaroqliligini unga boshqa
qurilmani ulash orqali tekshiring, agar kerak bo'lsa, qurilmani ishlaydigan
rozetkaga qayta ulang; qurilmani elektr tarmog'idan uzing va to'liq sovishini
kuting, so'ng uni qayta yoqing.
2. Qurilma bug' chiqarmayapti. Ehtimoliy sabab: idishda suv yo'q. Yechim:
idishni suv bilan to'ldiring.
3. Suv idishdan oqib chiqyapti. Ehtimoliy sabab: Idish mahkam yopilmagan.
Yechim: Idish tiqinini mahkam yoping.
DIQQAT! Taklif etilgan usullarning hech biri muammoni hal qilishga yordam
bermagan bo'lsa, yetkazib beruvchiga yoki vakolatli xizmat ko'rsatish
markaziga murojaat qiling. Qurilmani qismlarga ajratmang yoki uni o'zingiz
ta'mirlashga urinmang.
aeno.com/documents
117