Descargar Imprimir esta página

AENO DI2 Manual De Instrucciones página 118

Publicidad

Idiomas disponibles
  • MX

Idiomas disponibles

  • MEXICANO, página 104
Qurilmani yoqish uchun (3) tugmasini bosing. Irrigator panelida (5) ish rejimi
indikatori yonadi. Rejimni tanlash tugmasi bilan (4) kerakli rejimni tanlang.
Qurilmaning ishlash rejimlari
 "Beginner" ("Boshlang'ich") – sezuvchan tishlar va milklar uchun ehtiyotkorlik
bilan tozalash. Shuningdek, qurilmadan birinchi marta foydalanayotganlar
uchun ham tavsiya etiladi;
 "Light" ("Engil") – intensivga o'tishdan oldin bir tekislikdagi tozalash;
 "Standart" ("O'rtacha") – kundalik standart tozalash, tish blyashkasini olib
tashlash;
 "High" ("Yuqori") – intensiv tozalash, og'iz bo'shlig'iga puhtalik bilan ishlov
berish;
 "Spot" ("Nuqtali") – tish orasidagi bo'shliqlardan oziq-ovqat qoldiqlarini olib
tashlash, tish toshining shakllanishini oldini olish.
ESLATМА. "Spot" ("Nuqtali") rejimi rejim tanlash panelida (5) o'z indikatoriga
ega emas. Qurilma ushbu rejimda ishlayotganida, panelning barcha to'rtta
indikatori yonib turadi.
Sukut bo'yicha, qurilma birinchi marta yoqilganida, "High" ("Yuqori") ish rejimi
o'rnatilgan bo'ladi. Rejimni tanlash tugmachasini (4) keyingi marta bosish
panelda (5) ko'rsatilgan ish rejimlarini navbatma-navbat o'zgartiradi. Oxirgi
tanlangan rejim, qurilma xotirasida saqlanadi va irrigator keyingi safar
yoqilganda avtomatik ravishda tanlanadi. Rejimni tanlagandan so'ng,
qurilmadan foydalanishga o'ting.
Qurilmani ishlatish
Nasadkaning chiqish teshigini (1) og'iz bo'shlig'iga yo'naltiring. Qurilmani
yoqish uchun (3) tugmasini bosing. Nasadkaning chiqish teshigini (1) h rasmda
ko'rsatilganidek, milklar konturi bo'ylab harakatlantiring. Tozalash vaqtida
(4)-tugma yordamida ish rejimini o'zgartirishingiz mumkin. Tozalashni
tugatgach, qurilmani o'chirish uchun (3) tugmasini bosing. Foydalangandan
keyin qurilma o'chirilmasa, u 2 (ikki) daqiqa ichida avtomatik ravishda o'chadi.
Har bir foydalanishdan keyin qurilmani va ishlatilgan nasadkalarni "Texnik
xizmat ko'rsatish" ("Kundalik parvarish") bo'limida ko'rsatilganidek yuving.
ESLATМА. Parodontal cho'ntaklarning shikastlanishini oldini olish uchun
"Spot" ("Nuqtali") rejimida (15)-nasadkani ishlatish tavsiya etilmaydi.
118
aeno.com/documents

Publicidad

loading

Este manual también es adecuado para:

Adi0002