Texnik xizmat ko'rsatish
Kundalik parvarish. Suvni to'kish teshigining qopqog'ini (9) oching va suv
idishidagi qolgan suvni to'kib tashlang. e-rasmda ko'rsatilganidek, (7)-tugma
yordamida nasadkani ajratib oling. Idishni va almashtiriladigan nasadkalarni
yuvish vositalari va tozalash vositalaridan foydalanmasdan iliq oqar suvda
yuving va yaxshilab quriting.
Kompleks ravishda tozalash. Haftada bir marta suv idishni kompleks
ravishda tozalashni amalga oshirish kerak. Buning uchun f-rasmda
ko'rsatilganidek, suv idishini ajratib oling. Yumshoq cho'tka yoki shimgich
yordamida, yuvish va tozalash vositalaridan foydalanmasdan iliq oqar suvda
ichkaridan va tashqaridan yuving va yaxshilab quriting.
Mumkin bo'lgan nosozliklarni bartaraf etish
Qurilma yoqilmayapti. Ehtimoliy sabab: batareya quvvatsizlangan. Yechim:
Qurilmanni kamida 3 soat quvvatlang.
Qurilma suv bilan ta'minlamaydi. Mumkin bo'lgan sabablar: nasadkaning
chiqish teshigi tiqilib qolgan; suv idishida suv tugagan. Yechim: nasadkaning
chiqish teshigini tozalang; suv idishini suv bilan to'ldiring.
DIQQAT! Tavsiya etilgan usullarning hech biri muammoni hal qilmasa, yetkazib
beruvchi yoki servis xizmati ko'rsatish markaziga murojaat qiling. Qurilmani
qismlarga ajratmang yoki uni o'zingiz ta'mirlashga urinmang.
ASBISc
kompaniyasi
o'zgartirishlar kiritish, ushbu hujjatga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish huquqini o'zida saqlab qoladi.
Kafolat muddati va xizmat muddati - mahsulot chakana savdo tarmog'ida sotilgan kundan
boshlab 2 yil.
Ishlab chiqaruvchi haqida ma'lumot: ASBISc Enterprises PLC, Iapetou, 1, Agios Athanasios, 4101,
Limassol, Cyprus (Kipr). Xitoyda ishlab chiqarilgan. Ko'rsatilgan barcha savdo belgilari va ularning
nomlari tegishli egalarining mulki hisoblanadi.
Qurilmaning dolzarb ma'lumotlari va batafsil tavsifi, shuningdek ulanish bo'yicha ko'rsatmalar,
sertifikatlar, sifat va kafolatlar bo'yicha da'volarni qabul qiladigan kompaniyalar haqidagi
ma'lumotlarni aeno.com/documents sahifasida yuklab olish mumkin.
aeno.com/documents
foydalanuvchilarni
oldindan ogohlantirmasdan
qurilmani
rivojlantirish,
119