Qurilmangizni orqa cho'ntaklaringizda yoki belingizda olib
yurmang
• Agar qurilma katta bosim bilan bosilsa, qurilmaga zarar yetishi, u
portlashi yoki yonib ketishi mumkin.
• Biror narsaga urilsangiz yoki yiqilsangiz Sizga shikast yetishi
mumkin.
Qurilmani tushirib yubormang yoki uni shikastlovchi
harakatlar qilmang
• Bu qurilma yoki batareyaga shikast yetkazishi, qurilmaning
buzilishi yoki xizmat qilish muddatining qisqarishiga sabab
bo'lishi mumkin.
• Shuningdek bu qizib ketish, kuyish, yong'in chiqishi yoki boshqa
xavflarga sabab bo'lishi mumkin.
Qurilma va zaryadlash qurilmasini ehtiyotkorlik bilan ushlang
va joylashtiring
• Hech qachon batareya yoki qurilmani olovga tashlamang.
Qurilma yoki batareyalarni mikroto'lqinli pech, duxovka
va radiatorlar kabi qiziydigan qurilmalar ustiga yoki ichiga
qo'ymang. Qurilma qiziganda portlab ketishi mumkin.
Ishlatilgan qurilma yoki batareyani tashlab yuborishda mahalliy
qonunlarga rioya qiling.
• Hech qachon qurilmani bo'laklarga ajratmang yoki teshmang.
• Batareyaning yuqori bosim ostida qoldirmang, chunki bu qisqa
tutashuv yoki qizib ketishga sabab bo'lishi mumkin.
Qurilma, batareya va zaryadlash qurilmasini zarar
yetkazilishdan himoyalang
• Qurilma yoki batareyani juda sovuq yoki juda issiq haroratda
qoldirmang.
• Judayam yuqori yoki past harorat qurilmaga zarar yetkazishi va
qurilma va batareyaning xizmat qilish muddatini kamaytirishi
mumkin.
• Zararlangan zaryadlash qurilmasidan foydalanmang.
O'zbek
951