Quloqlikdan foydalanayotganda, quloqlaringizni va eshitish
qobiliyatingizni himoya qiling
• Juda baland ovozda tinglash eshitish qobiliyatingizga zarar
yetkazishi mumkin.
• Piyoda yurish vaqtida baland ovozda musiqa tinglash,
diqqatingizni olishi va yo'l transport hodisasiga sabab bo'lishi
mumkin.
• Quloqliklarni audio qurilmaga ulashdan oldin har doim
ovozni pasaytiring hamda suhbat yoki musiqa tinglayotganda
o'zingizga kerakli bo'lgan minimal ovoz balandligidan
foydalaning.
• Quloqchini tashqi materiallar bilan aloqa qilgandan keyin uzoq
vaqt davomida taqib yurish, quloqning yallig'lanishiga olib
kelishi mumkin. Quloqchini toza va quruq holda saqlang.
• Quruq joylarda, quloqlikda statik elektr quvvati yig'ilishi
mumkin. Quloqlikni quruq joylarda foydalanmang yoki statik
elektr quvvatini yo'q qilish uchun quloqlikni qurilmaga ulashdan
oldin metal obyektni ushlang.
• Transportni boshqarayotganda quloqlikdan foydalanmang.
Bunday qilish Sizning fikringizni chalg'itadi va yo'l transport
hodisasida sabab bo'lishi va hududingiz qonunlariga ko'ra
qonunbuzarlik sifatida belgilanishi mumkin.
Yurib yoki yugurib ketayotganingizda qurilmadan
ehtiyotkorlik bilan foydalaning
O'zingizga va boshqalarga shikast yetkazmaslik uchun har doim
atrofdagi voqea va insonlarga diqqatli bo'ling.
O'zbek
960