2 Tish choʻtkasini tishlar qarshisida kichik (45 daraja)
burchak ostida tuting. Choʻtkalar milk chizigʻiga yoki
uning tagiga yetishi uchun uni qattiq bosing.
Izoh: Choʻtka markazini tishlarga doimi toʻliq tekkizib
turing.
3 Philips Sonicare qurilmasini yoqish uchun
yoqish/oʻchirish tugmasini bosing.
4 Choʻtkani tishlar va milk chizigʻiga yengil tutib turing.
Choʻtkalar tishlar orasiga kirishi uchun choʻtka
kallagini oldinga-orqaqa kichik harakatlar bilan
tishlaringizni tozalang. Bu harakatlarni tish tozalash
siklingiz yakunlangunga qadar bajaring.
Izoh: Choʻtkalar biroz kengayishi kerak. Oddiy tish
choʻtkasi bilan qilinadigan kabi ishqalash tavsiya
etilmaydi.
5 Old tishlarning ichki yuzalarini tozalash uchun dastani
yarim-vertikal qilib ushlang va har bir tishni bir necha
vertikal harakatlar bilan birma-bir tozalab chiqing.
6 Tozalash siklini tugatganingizdan keyin
tishlaringizning chaynash yuzalari va qoldiqlar
qoladigan hududlarni tozalashga qoʻshimcha vaqt
ajratishingiz mumkin. Xohishingizga qarab tish
choʻtkasi oʻchirilgan yoki yoqilgan holatda tilingizni
tozalashingiz ham mumkin.
Izoh: Philips Sonicare tish choʻtkangizdan breketlarda
(breketlarga ishlatilganida choʻtka kallaklari tezroq
eskiradi) va tuzatilgan tishlarda (plombalar, tojlar,
vinirlar), agar ular toʻgʻri jipslashgan va shikastlanmagan
boʻlsa, foydalanish uchun xavfsiz hisoblanadi.
255
O'zbek