ichimlik yoki distillangan suv) cho'ktirilgan holda ishlating. Uni ishlatayotgan
paytda suv sathini qurilmadagi "MIN" va "MAX" belgilari o'rtasida ushlab turing.
Pishirish uchun mo'ljallangan idishini tekis, mustahkam, issiqqa chidamli
yuzaga qo'ying. Plitani qo'shimcha issiqlik manbai sifatida ishlatmang.
DIQQAT! Suvga qadoqlanmagan ingredientlarni qo'shmang. Pishirishdan
oldin barcha mahsulotni maxsus mo'ljallangan vakuumli paketga soling.
Mahsulotni olib tashlash uchun qisqichlardan foydalaning. Qurilmani pishirish
idishidan chiqarib olishdan oldin uni sovishini kuting. Har 3–5 kunda
muntazam foydalanish yoki qasmoq paydo bo'lishi bilan po'lat stakanni (2) va
isitish elementini (12) tozalash kerak (C-rasm).
Qurilmani ishlatishga tayyorlash
Qurilmani paketdan chiqarib, suv bilan namlangan yumshoq mato bilan uni
tozalang. Po'lat stakanni (2) iliq suv bilan toldirilgan idishga botirib, qoldiq
kirlarni
yuving, elektron komponentlarga suv tegizmang. Mahsulotni
tayyorlash uchun, uni vakuumlovchi paketga soling, hamda uning ichidagi
havoni vakuumli upakovkachi yordamida chiqarib tashlang.
DIQQAT! Vakuumli upakovkachi va su-vid usuli bilan pishirish uchun faqat
maxsus oziq -ovqat paketlaridan foydalaning.
ESLATMA: Sabzavotlar kabi engil mahsulotlar bo'lgan paket suv yuzasida qolishi
mumkin. Bunday holda, zanglamaydigan po'latdan yasalgan yoki kumushdan
yasalgan idish-tovoqlarni, masalan, qoshiqni mahsulot bilan birga paketga soling.
Qurilmaning ishlatish
Qisqich (3) yordamida ovqat pishirish idishining yon tomoniga su-vidni
mahkamlang (A-rasm). Ovqat pishirish uchun idishni qurilmadagi "MIN"
belgisidan past bo'lmagan va "MAX" belgisidan yuqori bo'lmagan holda suv
bilan to'ldiring. Oziq -ovqat paketini suvga soling.
Quvvat vilkasini rozetkaga ulang. Ulash (yoqish) tugmasi (5) yonadi. Ulash
(yoqish) tugmasini (5) kamida 3 soniya bosib turing. Barcha tugmalar va displey
aeno.com/documents
129