Descargar Imprimir esta página

AENO Sous Vide SV1 Guia De Inicio Rapido página 131

Publicidad

 Ovqat pishirishning avtomatik dasturini tanlash tugmasini (7) birin-ketin
bosing va kerakli rejimni o'rnating: 1 (60 °C/100 daqiqa), 2 (65 °C/90 daqiqa),
3 (55 °C/30 daqiqa) yoki 4 (85 °C/40 daqiqa).
 Tanlangan dasturni ishga tushirish uchun ulash (yoqish) tugmasini (5)
bosing.
Qasmoqni tozalash
1. Haroratga chidamliligi kamida +100 °C bo'lgan chuqur idishni oling.
2. Qurilmani idish devoriga mahkamlash uchun qisqichdan (3) foydalaning (A-
rasm).
3. Idishni qurilmadagi "MAX" belgisigacha suv bilan to'ldiring.
4. Har 1 litr suvga 10 gramm hisob miqdorida limon kislotasi qo'shing va
aralashtiring.
5. Qurilmani yoqing, dastlab +95 °C haroratni tanlab, taymerni 10 daqiqaga
o'rnating.
6. Belgilangan vaqt o'tgandan so'ng, qurilmani o'chiring va sovushini kuting.
7. Qurilmani oqayotgan suv bilan yuvib tashlang va quruq mato bilan quriting.
Mumkin bo'lgan nosozliklarni bartaraf etish
 Qurilmani yoqgandan so'ng boshqaruv panelidagi ko'rsatkichlar yonmaydi.
Mumkin bo'lgan sabab: quvvat yo'q. Muammoni hal qilish uchun yechim:
qurilma tarmoqqa to'g'ri ulanganligini tekshiring.
 Qurilmaning ishlashi paytida shaqirlash ovozi chiqmoqda. Mumkin bo'lgan
sabab: po'lat stakan (2) plastik qismga (1) to'g'ri biriktirilmagan. Muammoni
hal qilish uchun yechim: qurilmani o'chiring va tarmoqdan uzing. Po'lat
stakanni (2) chapga burab, plastik qismdan (1) chiqarib oling. Po'lat
stakanni (2) plastik qismidagi tirqishiga joylashtiring va u chiqillash ovozi
chiqquncha o'ng tomonga buring.
 E03 xato kodi displeyda paydo bo'ladi. Mumkin bo'lgan sabab: pishirish
idishidagi suv kam yoki umuman yo'q; qasmoq. Muammoni hal qilish uchun
yechim: pishirish idishiga suv qo'shing; qurilmani qasmoqdan tozalang.
aeno.com/documents
131

Publicidad

loading

Productos relacionados para AENO Sous Vide SV1

Este manual también es adecuado para:

Asv0001Asv0001-uk